Soch bo‘yash vositalari

Assalomu alaykum! Sochimning oqlari 15-20% atrofida, taxminan. Sochda oqni ko‘p bo‘lishi yaxshi emas ekan. Men sochimni bo‘yash uchun O‘zbekistondan oson topsa bo‘ladigan qaysi vositadan foydalanishim mumkin? Qora hina tabiiy emas ekan. Eshitishimcha unga rang qo‘shilarkan. Qizil hinaga bo‘yasam odamlar kulishadi. O‘g‘il bola hinaga soch boyamaydi degan noto‘g‘ri fikr juda ko‘pchilikda bor. Shunga maslahat bersangizlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sochni bo‘yaydigan rang sof qora bo‘lishi joiz emas. Qoraga hinnoni aralashtirib bo‘yasa joiz. Kraska bo‘lmasligi shart qilinadi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:31 | Савол-жавоблар | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar