Ijaradan tushgan pul

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni ijaraga bergan uyim bo‘lib, uni bir ayolga bergandim. U ayol ijaraga turish bilan birga u uyda odam ham o‘qir ekan. Odamlarning aytishicha u “ilgagchi” emish. Ilmim kamligi sababli bu ish shariatda joizmi yoki yo‘qligini bilmadim. Savolim shundayki, undan oladigan ijara haqim menga halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu narsa u ayolning kim va qanday yo‘l bilan pul topayotganiga bog‘liq. Agar shariatga zid bo‘lgan duoxonlik, folbinlik, sehr-jodu va jinlarga aloqadorlik(odatda buni ular bobolarim, momolarim yoki odamlar deb ta’rif berishadi) orqali topsa olishingiz joiz bo‘lmaydi. Uning o‘rniga boshqa odamni ijaraga qo‘yganing afzal. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:36 | Савол-жавоблар | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar