Subhanalloh lafzi
Assalomu alaykum! Ustozlar, mana bu jumlani «odnoklassniki» saytida o‘qib qoldim:«Shu erda ba’zi mulohazalarni aytib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Tilimizga arab tilidan qilingan ko‘pgina tarjimalarda “Subhanalloh” so‘zi “Allohni poklab yod etaman, Allohni poklayman”, deb o‘girilgan. Bu to‘g‘ri emas. Birinchidan, Alloh azaldan pok Zot, ikkinchidan, U zot bizning poklashimizga muhtoj emas. Biz Allohni poklab yod etmaymiz, balki Uni pok deb bilamiz, har qanday aybu nuqsondan xoli ekanini e’tirof etamiz, xolos». Ustozlar shu gaplar nechog‘li to‘g‘ri? Subhanalloh lafzining asl ma’nosi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisining ma’nosi bir va to‘g‘ri. “Allohni poklab yod etaman, Allohni poklayman” deyish “Mushrik va kofirlarning Allohning ulug‘ligiga noloyiq bergan nisbatlaridan pok deb yod etaman” deganidir. Ya’ni Uning har qanday nuqsondan pokligini e’tirof qilaman. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:38 | Савол-жавоблар | 152 | Aqiyda