Usti ochiq qolgan taom

Assalomu alaykum! Usti ochiq qolgan taomni iste’mol qilish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن جابر عن النبي صلى الله عليه وسلم قال أغلق بابك واذكر اسم الله فإن الشيطان لا يفتح بابا مغلقا وأطف مصباحك واذكر اسم الله وخمر إناءك ولو بعود تعرضه عليه واذكر اسم الله وأوك سقاءك واذكر اسم الله Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Darvozangni qulfla va Allohning ismini zikr qili. Chunki shayton(Allohning ismi zikr qilib) qulflagan eshikni ocha olmaydi. Chirog‘ingni o‘chir va Allohning ismini zikr qil, idishlaring ustini yop. Ustiga eniga qilib qo‘yadigan cho‘p bilan bo‘lsa ham va Allohning ismini zikr qil. Meshingni og‘zini berkit va Allohning ismini zikr qil" dedilar.(Sunani Abu Dovud). Usti ochiq qolgan taomlarda moddiy jihatdan o‘zgarish sezilmasada, ma’navyi jihatdan shayton uni zararlagan bo‘ladi va bu insonning ruhiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Boshqa bir hadisda usti ochiq idishga vabo nozil bo‘lishi zikr qilingan. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:39 | Савол-жавоблар | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar