Taloqni shartga bog‘lab qo‘yish

Assalomu alaykum! Ustozlar taloqni bir ishga bog‘lab qo‘yib, keyin o‘sha ish sodir bo‘lgandan keyin taloq qilaman deganmi yoki taloqsan deganimi esida bo‘lmasa taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gumonga qaraladi. Qaysi biri g‘olib bo‘lsa o‘sha olinadi. Teng keladigan bo‘lsa aniq narsa ya’ni nikohning borligi shubha ila yo‘q bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 15:32 | Савол-жавоблар | 181 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar