Tibbiyot spirti
Assalomu alaykum! Men aptekalarga dori vositalarini tarqatadigan firmada ishlayman. Ish vazifam buyurtma dorilarni etkazib berish. Ularning orasida 70% li tibbiyot spirti ham bor. Hozirda deyarli ko‘pchilik aptekalar bu spirtni tibbiy zarurat uchun sotish bilan bir qatorda piyonista va aroqxo‘rlarga ham sotishni yo‘lga qo‘yib olibdi. Endi men «hamr» haqidagi hadisda zikr etilgan «etkazib beruvchisini ham» degan toifaga mansub bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U toifaga kirmaysiz. Spirt turli narsalardan olinadi. 1-Uzum, hurmo, bug‘doy va asal. Ulardan tayyorlangan mast qiluvchi ichimliklar bilittifoq harom bo‘lib, ularni biror narsaga dori vositasida foydalanish ham harom. 2-uzum va hurmodan tayyorlangan. Bu bilittifoq nopok. U aralashgan davo ham nopok bo‘ladi. Uni ichish ham harom. Juda ham majbur holatda mohir tabib biror bemorga “Bundan boshqa shifo bo‘ladigan davo yo‘q” desa, zarurat miqdoricha ushbu spirtdan aralash dorini iste’moli joiz. “Nihoya” kitobida “Zahira”dan naql qilinib : “Harom narsa bilan davolanish, unda shifo borligi aniq va bundan boshqa davo yo‘q bo‘lgan suratda joizdir” deyilgan. (Bahrur roiq). 3-yuqoridagi uzum va hurmodan boshqa narsalardan olingan spirt masalan bug‘doy, asal. Uning pok va nopokligi haqida ulamolar ixtilof qilganlar. Abu Hanifa va Abu Yusuf rohimahumallohlar nazdlarida bunday spirt pokdir. Mast bo‘lish maqsadida ichilsa joiz emas, lekin davo sifatida iste’moli joizdir. Imom Muhammad nazdlarida bunday spirt najosati hafifadir. Fatvo imom Muhammadning qavliga ko‘ra berilgan bo‘lsada, umumiy balvo qoidasiga ko‘ra spirt aralashtirilgan dorilarni mast bo‘lish maqsadidan tashqari davolanish o‘rinlarida foydalanish joizdir. Garchi taqvo va ehtiyotkorlik imom Muhammadning qovlida bo‘lsada. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:45 | Савол-жавоблар | 153 | Halol va harom