Imomlarning tajvidga amal qilishi

Assalomu alaykum! Masjidimizda namozga imomlik qilganlar tajvidga amal qilishmaydi. Eng kam xato qilganlari ‎shoshib qiroat qilganlaridan g‘unna va madlarning ba’zilariga amal qilishmaydi. Hatto ba’zilari oyatlar ‎orasidagi bir-ikkita so‘zlarni tark qilishadi yoki umuman boshqacha talaffuz qilishadi. Eng yomoni, ‎xatolarini to‘g‘rilashga harakat ham qilishmayapti. Axir imomning qiroati iqtido qiluvchilarning ham ‎qiroati-ku. Ularning qiroatdagi xatolari sabab bizlarning namozlarimizga ham putur etadimi? Bu ‎holatda bizlar nima qilishimiz kerak?‎
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo o‘sha imomga gapi o‘tadigan odamni topib, imonmning ham sha’nini ehtiyotini olib aytish kerak. Agar shunda ham natija bo‘lmasa, shu ishga mutasaddi bo‘lgan joylarga murojaat qilinglar. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:50 | Савол-жавоблар | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar