Emizikli go‘dak haqqi
Assalomu alaykum! Hurmatli hayat a’zolari, farzandim hozir 8 oylik emizikli, erim yana homilador bo‘lishimni xohlayaptilar. Emizikli go‘dakni sutdan ajratishga ko‘nglim bo‘lmayapti. Agar ajratsam uning haqqi nima bo‘ladi? Iltimos shu masalada yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki yil to‘liq emizish afzal, lekin farz yoki vojib emas. عَنْ جُدَامَةَ بِنْتِ وَهْبٍ الْأَسَدِيَّةِ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا أَنَّ النَّبِيَّ صلي الله عليه و سلم قَالَ: لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ أَنْهَى عَنِ الْغِيلَةِ حَتَّى ذَكَرْتُ أَنَّ الرُّومَ وَفَارِسَ يَصْنَعُونَ ذَلِكَ فَلَا يَضُرُّ أَوْلَادَهُمْ. Judoma bintu Vahb al-Asadiyya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Batahqiq, emizikli ayolga yaqinlik qilishdan nahiy qilmoqchi bo‘lgan edim, lekin Rum va Forslar buni qilishlarini va bolalariga zarar etkazmasligini eslab qoldim», dedilar». Sharh: Emizikli ayol bolasi tufayli zaiflashib, uning ko‘pgina kuch-quvvati bolasiga ketadigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun unday ayolga yaqinlik qilish bolaga zarar qilmasmikan, degan mulohazaga olib boradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamda mana shu mulohaza bo‘lgan ekan. Lekin u zot boshqa xalqlarning tajribasidan foydalanib, emizikli ayolga yaqinlik qilish bolaga zarar etkazmaydi, degan xulosaga kelganlar va ularga yaqinlik qilishdan man qilmaganlar. Ulamolarimiz, «Shu bilan birga, baribir unday ayolning holini e’tiborga olib, oddiy holatdagi ayolga qilgan muomaladan boshqacha muomala qilish kerak bo‘ladi, ya’ni, oddiy holatdagidan ko‘ra oz yaqinlik qilish kerak», deydilar.("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:53 | Савол-жавоблар | 156 | Oila va turmush