Sunnatni tark qilsa bo‘ladimi?
Men bir qavmni ko‘rdim. Ular sunnat namozini o‘qimay, o‘rniga qazo namozini o‘qiydilar. Ular xufton namozidan oldin 4 rak’at sunnat, ya’ni 4 rak’at qazo, xufton namozining farzini. Keyin 2 rak’at sunnatning o‘rniga 3 rak’at qazo vitr namozini o‘qib, keyin 3 rak’at vitr o‘qishadi. Ulardan buning sababini so‘rasam, «Ham qazo namozini ham sunnatni ado qilgan bo‘lasan» dedi. Shunday qilishning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Farz, vojib va sunnati muakkada bo‘lgan namozlarga alohida niyat qilish shart. Ular bilan boshqa namozlarni qo‘shib ado qilib bo‘lmaydi. Ammo qazo namozlarini tahiyatul masjid, shukur vuzu’ kabi nafl namozlarining o‘rniga o‘qisa, ularning savobiga ham ega bo‘ladi. Masalan bir kishi masjidgi kirib kelib, tahiyatul masjid o‘rniga qazoni niyat qilib namoz o‘qisa, qazoni ham tahiyatul masjidni ham ado qilgan bo‘ladi. Shuningdek tahajjudga turgan kishilar ham qazolari bo‘lsa, nafl o‘rniga qazolarini o‘qishi kerak. Shu bilan qazoni ham ado qilgan bo‘ladi va kechasida bedor bo‘lganning savobini ham oladi. Farzlardan oldin va keyin o‘qiladigan sunnat namozlarning o‘riga qazolarni o‘qishga kelsak, bu bilan ushbu hadisda kelgan savobdan bebahra qoladi : عَنْ أُمِّ حَبِيبَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم يَقُولُ: مَا مِنْ عَبْدٍ مُسْلِمٍ يُصَلِّي ِللهِ كُلَّ يَوْمٍ ثِنْتَيْ عَشْرَةَ رَكْعَةً تَطَوُّعًا غَيْرَ فَرِيضَةٍ إِلَّا بَنَى اللهُ لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ. قَالَتْ أَمُّ حَبِيبَةَ: فَمَا بَرِحْتُ أُصَلِّيهِنَّ بَعْدُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ.
وَزَادَ التِّرْمِذِيُّ: أَرْبَعًا قَبْلَ الظُّهْرِ وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَهَا، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْمَغْرِبِ، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْعِشَاءِ، وَرَكْعَتَيْنِ قَبْلَ صَلَاةِ الْفَجْر Ummu Habiyba roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Qaysi bir musulmon banda har kuni farzdan tashqari o‘n ikki rak’at ixtiyoriy namoz o‘qisa, albatta, Alloh unga jannatda uy qurib beradi», dedilar.
Ummu Habiyba: «Shundan keyin ularni doimo o‘qib kelmoqdaman», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Termiziy: «Peshindan oldin to‘rt va keyin ikki rak’at. Shomdan keyin ikki rak’at, Xuftondan keyin ikki rak’at. Bomdoddan oldin ikki rak’at»ni ziyoda qilgan».
Hanafiy mazhabi ushbu rivoyatni mahkam ushlab, hayotga yaxshilab tatbiq qilgan mazhabdir. Ushbu hadisida farz namozlariga tobe’ sunnatlarni qo‘ymay o‘qib borishga qattiq targ‘ib va ulkan va’da bordir.
Bu va’da, jannatda ushbu namozlar uchun mukofot tariyqasida Alloh taolo tomonidan qurib beriladigan alohida uydan iboratdir.
Farz namozlarga tobe’ sunnat namozlarining qo‘ymay o‘qib borishga bundan ortiq targ‘ib bo‘lmasa kerak.
Shuning uchun ham, Ummu Habiyba onamiz ushbu hadisni eshitganlaridan boshlab, u namozlarni aslo qo‘ymaganlar. Biz ham xuddi shundoq qilishimiz kerak.
Farz namozlaridan oldin o‘qiladigan sunnat namozi o‘ziga xos ravishda farz namozdan oldin, mashq - tayyorlanish vazifasini ham o‘taydi. U namozni o‘qib, ancha tayyorlanib olgan namozxon uchun farz namozining xushu’-xuzu’ini joyiga qo‘yish oson bo‘ladi.
Farz namozlaridan keyin o‘qiladigan sunnat namozlari esa, farz namozda ba’zi qusur va kamchiliklar sodir bo‘lsa o‘rnini to‘ldirish vazifasini o‘taydi.
Shuning uchun ham, shariatda bu namozlarni «mukammilot» - to‘ldiruvchi namozlar deb ataladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ta’kidlangan sunnat namozlariga hanafiy mazhabi alohida e’tibor bilan qaragan. Bunga Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlaridan hujjatlar keltirganlar. U zot ba’zi vaqtlarda sunnat namozni qazosini o‘qiganlari haqida rivoyatlar ham bor.
Shuningdek, safarda ham yurib keta turib o‘qish imkoni bo‘lmasa o‘qimasa, mayli. Ammo to‘xtab turganda o‘qiladi, deganlar.
Sunnat namozlarni qasddan o‘qimaslik juda yomon ish.("Hadis va Hayot" kitobidan).
Ba’zi bir o‘zbek tilida yozilgan kitoblarda “Sunnatni ham qazoni ham niyat qilib o‘qisa, ikkisi ham ado bo‘ladi” deb yozilib, fuqaholarimizning ba’zi kitoblariga nisbati berilganini ham ko‘rdik. Lekin havola qilingan joyda u iboralarni topa olmadik.
26 Май 2022, 14:59 | Савол-жавоблар | 168 | Turli savollar