Namoz qiroatida unutish
Assalomu alaykum! Alloh taolo dinimiz uchun qilayotgan xizmatlaringizga ulug‘ ajrlar bersin. Men “Yosin” surasini tajvid qoidalariga asosan namozda qiroat qilayotgan paytimda 13-oyatning boshidagi «Vadriblahummasalan» kalimasini ikki marta qiroat qildim (davomi yodimga kelmay qoldi) keyin ruk’u va sajda qilib, ikkinchi rak’atga turdim. Yana 13-oyatdan boshlab o‘qidim, bunda ham oyat boshidagi kalimani “Vazriblahummasalan, Vazriblahummasalan” deb ikki marta o‘qib, so‘ng davomini o‘qib yana bir oyat qo‘shib o‘qib ruk’u qildim. Mazkur holatda yoki boshqa shunga o‘xshash holatlarda, ya’ni biron bir oyatni davomi esga kelmay qolsa, oyatning davomi yodimga tushib qolar degan maqsadda oyat boshidagi kalimani ikki yoki uch marta takror qiroat qilgandan so‘ng, oyat davomi yodiga tushsa va oyatni davom ettirib navbatdagi amallarni bajarib, namozini tugatsa namoz buzilmaydimi? Savolimdagi kamchiliklar uchun oldindan uzr so‘rayman! Javobingiz uchun oldindan tashakkur bildiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namoz buzilmaydi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:03 | Савол-жавоблар | 164 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namoz buzilmaydi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:03 | Савол-жавоблар | 164 | Turli savollar