Ihlos surasi haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar berayotgan yordamlaringiz uchun Alloximning o‘zi munosib taqdirlasin. Hazratimiz (rahmatullohning) bir maruzalarida ixlos surasi haqida gapirgan ekanlar. Yani kimki ihlos surasini kunda 200 marta o‘qisa 50 yillik gunohlari kechiriladi. Magar qarzi bolsa. Dedilar. Maruza shu joyda tugadi. Bunda "magar qarzi bo‘lsa jumlasini qanday tushunaylik? Shu haqida biroz tushuntirib beringlar iltimos ilmsizligimiz uchun bizlarni manzur tuting. Hozirda musofir yurtdamiz. Yurtimizga qaytganimizda. Hazratimiz ( raxmatullox) ning kitoblarini olib o‘qib, o‘rganib farzandparimiz yaqinlarimizga ham tavsiya etishni niyat qilyapmiz inn shaa Alloh
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarzdan murod bandaning bandadagi haqqidir. Haq egasi kechmagunicha Alloh uni kechmaydi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:11 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar