Namoz vaqti borasida

Assalomu alaykum hurmatli Ustozlar! Avvalo savollarimizga javob berayotganingiz uchun sizlardan bag‘oyat minnatdormiz. Alloh ishlaringizni ajrini bersin. Sizlardan namoz vaqti borasida savol so‘ramoqchi edim. Hozir chet elda (Xitoyning, Chongqing shahri) o‘qiyotganligim va bu erda musulmonlar kam bo‘lgani uchun namozni deyarli o‘zim o‘qiyapman. Namoz vaqtini esa www.namazvakti.com saytidan olmoqdaman. Kecha bir pokistonlik tanishim namoz vaqti borasida boshqa bir saytni aytib qoldi, uni ko‘rsam asrdan boshqa namozlarning vaqti 5-6 minut farq bilan to‘g‘ri kelayapti. Ya’ni mening taqvimimda asr vaqti 15:52, u aytgan taqvimda 16:28 deb ko‘rsatilmoqda. Quyoshdan qaraylik desam, bu erda quyosh bir haftada zo‘rg‘a bir chiqib, qolgan kunlari bulutli. Iltimos, yordam bersangizlar, men o‘zim aytgan saytdan foydalansam bo‘laveradimi yoki boshqa biror bir manba tavsiya qilasizmi? Javobingiz uchun tashakkur.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namoz vaqtlari mazhablarga qarab bir-biridan ozroq farq qiladi. Moslamangizni Karachi Islom Universitetining metodiga qo‘yib olsangiz o‘sha hanafiy mazhabiga muvofiq. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:15 | Савол-жавоблар | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar