Azonda ovozning darajasi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Men uyda yolg‘iz o‘zim namoz o‘qiyotganimda azon aytaman. Ba’zida yon xonada kimdir uxlayotgan bo‘ladi. Shunda ovozimni o‘zim eshitadigan darajada pastlataman. Shunday azon chaqirsam bo‘ladimi? Yoki balandroq chaqirganim afzalmi? Alloh taolo hammamizni ilmimizni ziyoda qilsin. Rahmat. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Azon jamoatni to‘plash uchun mashru’ bo‘lgan. Yolg‘iz o‘qisangiz o‘zingiz eshitadigan qilib aytsangiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:15 | Савол-жавоблар | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar