Ayolning eri oilasidagi xizmati

Ustozimizning bir savolga javoban “er o‘z xotiniga ota-onasiga xizmat qilishni buyursa bajaradi” degan ma’nodagi so‘zlarini o‘qigandim. Agar er xotiniga oilasidagilarga xizmat qilishni buyursa, u ayolning zimmasiga nimalar tushadi? Erga itoat farz deb bilaman, lekin “erning ota-onasiga xizmat qilish mustahab” deb eshitganman. Kitob va maqolalardan aniq ma’lumot topa olmagandim, hozir esa kitob ololmayman. Shuning uchun shu erda javob bersangizlar. "Baxtiyor oila" kitobi etmayapti. Qo‘pollik uchun uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Shariat ayol kishiga ergiga itoat qilishi, qaynota-qaynonalarini xizmatini qilib duolarini olishiga buyuradi. Chunki o‘zi ikrom qilsa, bir kun mukarram bo‘lishi aniq. Qaynota-qaynonalariga esa shariatimiz, “kelin sizning xizmatingizni qilishga buyurilgan emas. Mabodo sizning xizmatingizni qilsa, bu uning tarafidan qilingan fazl deb qabul qiling va taqdirlang” deydi. Qaynota-qaynonalar “Mening xizmatimni qilishing shart” deyishi, ayolning “Ota-onangiz xizmatlarini qilmayman” deyishi ham xato. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:27 | Савол-жавоблар | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar