Dorixonadagi holat

Assalomu alaykum! Men ikki masala yuzasidan sizga murojaat qilmoqdaman. Men dorixonada faoliyat yuritaman. Masalan bir dorining narxi 29.500 so‘m edi. Uning ustiga firmadan yana xuddi shu doridan oldik, lekin u biroz qimmatroq narxda ya’ni 32.000 so‘m chiqdi. Shunda avvalgi dorining ham narxini o‘zgartirib 32.000 qilib qo‘yiladi. Bu ishimiz noto‘g‘ri emasmi? Ikkinchi holat. Arzon narxdagi dorilar, masalan paratsetomol, analgin kabi dorilar asli narxi 300-400 so‘m bo‘ladi. Lekin ba’zi hamkasblar ularni 400-500so‘m sotishadi. Ya’ni har birining ustiga 100-200so‘mdan qo‘yib. Lekin pulni o‘zlariga olishmay kassaga tushadi. Bundan maqsad, ba’zida biror dori sinib qolishi yoki biror haridordan noto‘g‘ri hisoblab kam pul olib qolinishi mumkin. Shularning o‘rnini to‘ldirishga deyiladi. Lekin bu haridor haqiga hiyonat bo‘lmaydimi? Chunki xo‘jayinlar belgilab qo‘ygan narxdan baland sotilmoqdaku. Sizdan har ikki holat yuzasidan ham javob kutib qolaman. Savolim ko‘pligi uchun uzr. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisi ham haridorning haqqiga xiyonat. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:29 | Савол-жавоблар | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar