Qora hinno
Assalomu alaykum! Bu savol oldin ko‘p berilgan ekan, lekin o‘zim uchun etarli javob topolmaganligimdan sizlarni yana bezovta qilayapman. Buning uchun ming bor uzr. Soch bo‘yoqlari sun’iy bo‘lgani, sochni butunlay qamrab suv o‘tkazmaganligi uchun undan foydalanish mumkin emasligini, lekin hinnoga bo‘yash mumkinligni ko‘pchilik biladi. Mening sochimda oq juda ko‘pligi uchun qora hinnoga bo‘yamoqchi edim. Lekin tabiiy qora hinno haqida eshitmagandim. Odamlar “kimyoviy ishlov beriladi” deb aytishdi. Tabiiy qora hinno bo‘ladimi? Sotuvdagi har xil qora hinnolardan foydalansa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hinnonining qorasi bo‘lmaydi. Unga boshqa rang qo‘shilgan bo‘lishi mumkin.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingapn hadisda :Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Oxiri zamon bo‘lganida bir qavm paydo bo‘ladi. Ular kabutarning ko‘ksi kabi qora bilan bo‘yanadilar. Ular jannatning hidini ham totmaydilar” deganlar. (Abu Dovud rivoyati).
Abu Quhofa roziyallohu anhuni Makka fathi kuni olib kelindi. Uning soch-soqoli xuddi sag‘omadek oppoq edi. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Buni biror narsa ila o‘zgartinglar. Qoradan chetlaninglar», dedilar».
Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan. Vallohu a’lam.
[url=https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=13020.0;wap
26 Май 2022, 15:32 | Савол-жавоблар | 142 | Turli savollar