Okean ortida
Assalamu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Tarixdan okean ortida hindular yashaganligi ma’lum, ularga ham payg‘ambarlar yuborilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Er yuzining biror joyi payg‘ambarlardan holi bo‘lgan emas. Mabodo biror joy payg‘ambarlardan holi bo‘lgan bo‘lsa, ularning hukmi nima bo‘lish haqida Alloh taolo marhamat qiladi :
«...Toki rasul yubormagunimizcha, azoblovchi bo‘lgan emasmiz».
Insonga aql, farosat berganimizdan keyin, dunyodagi qudratimizga, Xoliq, Mudabbir va Roziq ekanimizga dalolat etuvchi mo‘’jizalarga qarab to‘g‘ri yo‘lni tanlab, Bizga iymon keltirib, ibodat etishini farz qilib, bajarilmasa, jazolashni joriy qilsak, haqqimiz bor edi. Ammo bunday qilmadik. Bandalarimizga rahm qildik. Mazkur narsalar ustiga, yana ogohlantiruvchi, eslatuvchi payg‘ambar yuborishni ham iroda etdik. Payg‘ambar ogohlantirganidan keyin ham iymon va Islom yo‘lini tanlamaganlarni azoblashga ahd etdik. Payg‘ambar va uning da’vati etmaganlarni esa azoblamaslikka qaror qildik.("Tafsiri Hilol" kitobidan “Isro” surasi 15-oyat). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:33 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar