Muhammadiy meros

Assalamu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uyg‘oqlikda ko‘rganini da’vo qiluvchi tariqat shayxlari haqida fikr yuritib, Hazratimiz : "Ba’zi o‘zim o‘ta ishongan olim, taqvodor va ishonchli kishilar ham tariqat shayxligini da’vo qiluvchi shaxslar haqidagi mazkur xabarlar to‘g‘riligini ta’kidladilar", deganlar. O‘zlarining tavsiya xarakteridagi "tarafdorman" jumlasi ostidagi tanqidiy qarashlari bilan ham tanishdim. Bu masalaga yirik diniy ulamolarning qarashlari qanday? Bu holat voqelikka yaqin bo‘lishi mumkinmi? Qur’oni Karim va hadisi muboraklarda bu haqida biror bir ma’lumot bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz ham o‘ta ishongan, taqvoli “Sihohi sitta” kitoblaridan o‘ttiz yildan ziyod dars bergan kishilardan bu narsalar juda ko‘p sodir bo‘lganligi, hozirgi kunda dunyo ulamolarining sanadi etib boruvchi Shoh Valiyulloh Dehlaviy bilan ham bunday voqealar bir necha bor sodir bo‘lganini eshitganmiz. Shoh Valiyulloh Dehlaviyning o‘g‘li Abdulqodir Dehlaviy rohmatullohi alayh Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ummatining orasida to‘rt yuzta ma’naviy parda bo‘lishini, kim sunnatga to‘liq amal qilsa sekin asta pardalar ko‘tarilib, oxir oqibat uyg‘oqlikda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rish darajasiga erishishini aytgan. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:34 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar