Vaqfga oid

Assalamu alaykum! Bilamizki mushaflarda لا belgisi qo‘yilsa o‘sha joyda vaqf qilib, davomidan o‘qib ketish mumkin emas. Chunki “oyatning ma’nosi buzilish ehtimoli bor” deyishgan. Lekin “oyat ma’nosi buzilmasa vaqf qilib davom ettirsa bo‘ladi” degan ustozlarni ham eshitgandim. Masalan Mahmud Xusoriy qiroatlaridagi “Mudassir” surasidagi 31-oyati kabi. Afsuski Halil Xusoriyning “Isro” surasi qiroatlari menda yo‘q. “Isro” surasidagi 82-oyatni ham o‘sha belgi ostidagi holatda vaqf qilib davom ettirish mumkinmi? Ma’nosi buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday belgi qo‘yilgan ba’zi o‘rinlarda ma’no buzilishi ehtimoli bo‘lgani uchun ham vaqf qilinmaydi. Ma’nosi buzilmasligini bilgan kishilar vaqf qilib o‘qisalar joiz. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har bir oyatda vaqf qilib o‘qiganlari rivoyatlarda kelgan. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:35 | Савол-жавоблар | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar