Arab tili

Assalomu alaykum! Savolim Arab tili xakida. Bu tilni axamiyati xakida bilmokchi edim, Islom olamida bu til kanday axamiyatga ega ya’ni bu tilda olim bulmasdan muxaddis, mufassir, mujtaxid va olim bulish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadisi shariflar lug‘aviy, balog‘at va fasohat hamda adabiy jihatdan Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shunday ekan, hadisi shariflarni to‘g‘ri anglab etish uchun eng avvalo arab tilini yaxshi bilish kerak. Arab tili dunyodagi eng nozik va eng mukammal til bo‘lganligi uchun ham, Alloh taolo o‘zining oxirgi kalomi bo‘lmish Qur’oni Karimga aynan shu tilni ixtiyor qilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam arablarning eng tili fasih qabilasi – Qurayshdan bo‘lib, o‘zlari chiroyli, fasohatli so‘zlar ustasi bo‘lganlar. Buning ustiga, mo‘’jizakor Qur’on balog‘ati va fasohati u zotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Shuning uchun ham u zotning kalomlari Allohning kalomidan keyingi ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Ana shunday oliymaqom kalomni yaxshi tushunish, nozik ma’nolarini to‘la anglab etish, ulardagi shar’iy hukm, va’z-irshod va ibratlarni mukammal o‘zlashtirib olish uchun arab tili, uning balog‘at va fasohatidan yaxshi xabardor bo‘lish kerak. Bu ma’noda ma’lum darajaga erishmay turib, muhaddislikni da’vo qilmasa ham bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 16:26 | Савол-жавоблар | 182 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar