Juma mavzulari
Assalomu alaykum! Avvalam bor bu savolni noo‘rin berayotgan bo‘lsam uzr. Bizning O‘zbekistonda negadir oxirgi paytlarda qiyomat alomatlari, qabr azobi, hozirgi kundagi IShID terrorchilar gruhlari va ularning kelib chiqishini sabablarini, da’vat va uni qanday qilish kerakligi haqida deyarli hech qanday mavzular yo‘q. Iltimos sizlardan shu masalalarni ommaviy yo‘sinda hech bo‘lmasa juma namozlarida yo‘ga qo‘ilishini judayam ich ichimdan xohlardim. Va yana bir kichik iltimosim bor edi, juma kunlari namozda har qanday berilgan mavzuni oxiriga etilmasdan juma namozi boshlanadi, shuni ham to‘g‘rilasa juda yaxshi ish bo‘lar edi. Bu so‘zlarni yozishdan maqsad, ilimsizlikni iloji boricha kamaytirishdadir. Noto‘g‘ri yoki bilmasdan turib yozgan savolim uchun oldindan uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu to‘g‘risida va’zlar qilinmoqda, siz biror sabab yoki beparvolik bilan eshitmay qolgandirsiz. Ustozimi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining siz aytgan mavzularning barchasiga tegishli bir necha kitoblari bor. Shularni olib o‘qing. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:40 | Савол-жавоблар | 138 | Turli savollar