Oyatlar o‘xshashligi

Assalamu alaykum! Suralarning bir biriga o‘xshash oyatlari bor. Bir suradan boshqa suraga o‘tib ketish holatlari bo‘ladi. Hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar ma’nolari o‘zgarmasa, namoz joiz. Agar ma’nosi o‘zgarib ketsayu, o‘sha rak’atda to‘g‘rilab qaytadan o‘qisa ham joiz. Mabodo ma’no buziladigan darajada o‘zgarib, uni to‘g‘rilamay yoki keyingi rak’atda to‘g‘rilanib namozni tugatilsa, namozni qaytadan o‘qish kerak bo‘ladi. Vaqti chiqib ketgan bo‘lsa qazosini o‘qish kerak bo‘ladi. Shuning uchun imom namoz qiroatida adashadigan bo‘lsa, bunga beparvo bo‘lmaslik kerak. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:40 | Савол-жавоблар | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar