Qo‘shimcha ozuqalar haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar. Savolim quyidagicha. Hozir juda ko‘p qo‘shimcha ozuqalar bor. Ya’ni oqsil, uglevodlar va hokazolar alohida kukun holiga keltirib sotiladi. Bularni “pishovыe dobavki” ham deyishadi. Xullas ular odamda et olishini tez rivojlantiradi. Bir odam ozg‘in bo‘lsa sunnat va islom hukmlariga xilof qilmagan holda shularni iste’mol qilsa bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar o‘simlik, halol va shariatga muvofiq so‘yilgan hayvonlardan olingan bo‘lsa, iste’moli joiz. Aks holda joiz emas. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:43 | Савол-жавоблар | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar