Yolg‘on gapni eshitish
Assalamu alaykum! Alloh taolo «Moida» surasi, 42-oyatida : «Ular yolg‘onni ko‘p eshituvchilar, haromni ko‘p eyuvchilardir» deydi. Shu oyatni tushuntirib bersangizlar. Masalan mening ishxonamdagi sherigim yolg‘onchi, juda bachkana, bo‘lmagan ishlarni atrofdagilarga bo‘lib o‘tgandek qilib gapirib beraveradi. Yolg‘onni men eshitib o‘tirganimda o‘sha "haromni ko‘p eyuvchilardir"ga tushib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Oli Imron” surasi 104-110-oyatlarida marhamat qiladi : وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 104. Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, ma’rufga buyuradigan va munkardan qaytaradigan bir ummat bo‘lsin. Ana o‘shalar – o‘zlari zafar topuvchilardir. Ya’ni Allohga haqiqiy iymon keltirgan va uning yo‘lida haqiqiy birodar bo‘lgan jamoa yaxshilikka chaqiradigan, amri ma’ruf-nahyi munkar qiladigan ummatga aylansin. Yaxshilikka chaqirib turuvchi jamoa bo‘lmasa, dunyoda ezgulik qolmaydi. Ma’rufga, ya’ni fazilat, haqiqat, yaxshilik va adolatga buyurib, munkardan, ya’ni razolat, botillik, zulm va yomonlikdan qaytarib turadigan jamoa bo‘lmasa, hech bir qavm, hech bir ummat najot topa olmaydi. Amri ma’ruf, nahyi munkar ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan jamiyatdagina yaxshilik qilish yomonlik qilishdan ko‘ra oson bo‘ladi. Fazilatga erishish razolatga ketishdan ko‘ra engil kechadi. Haqiqat botildan ustun bo‘ladi. Adolat zulmdan ustun turadi. Allohning ulug‘ ne’mati – Islomga muyassar bo‘lgan bandalar jamoasiga, ya’ni musulmon ummatiga Alloh taolo amri ma’ruf, nahyi munkarni farz qildi. Agar bu ummat boshqa farzlar qatori, ushbu farzni ham o‘z o‘rnida ado etsa, baxt-saodatga erishadi. Aks holda falokatga uchraydi. Bu haqiqatni ushbu oyatning xotimasidan ham bilib olish mumkin: «Ana o‘shalar – o‘zlari zafar topuvchilardir». Ya’ni yaxshilikka chaqirib, amri ma’ruf, nahyi munkar qilgan ummatlar najot topuvchilardir. Boshqalar emas. Bu haqiqatni Allohning Rasuli Muhammad alayhissalom ham o‘z hadislarida bayon qilib qo‘yganlar. Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh alayhissolatu vassalom: «Sizdan kim munkarni (yomon ishni) ko‘rsa, qo‘li bilan o‘zgartirsin, agar qudrati etmasa, tili bilan o‘zgartirsin, agar bunga ham qudrati etmasa, dili bilan qaytarsin. Ammo bunisi iymonning zaifidir», – dedilar. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, albatta amri ma’ruf qilasizlar, albatta nahyi munkar qilasizlar. Bo‘lmasa, Alloh sizga O‘z huzuridan iqob yuboradi. So‘ngra duo qilsangiz, qabul bo‘lmaydi», – dedilar. كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَلَوْ آمَنَ أَهْلُ الْكِتَابِ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُم مِّنْهُمُ الْمُؤْمِنُونَ و أَكْثَرُهُمُ الْفَاسِقُونَ 110. Odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo‘ldingiz. Ma’rufga buyurasiz va munkardan qaytarasiz hamda Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitoblar iymon keltirganlarida, o‘zlariga yaxshi bo‘lar edi. Ulardan mo‘minlari bor. Ko‘plari fosiqlardir. Islom ummati o‘zi haqida bilib qo‘yishi zarur bo‘lgan haqiqatlardan biri bu ummatning odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat ekanidir. Ummatlarning sarasi Islom ummatidir. Ummatlarning yo‘lboshchisi Islom ummatidir. Ummatlarning peshqadami Islom ummatidir. Chunki Alloh taoloning O‘zi bu ummatga xitob qilib: «Odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo‘ldingiz», – deb turibdi. Bu haqiqatni hozir o‘zini bu ummatga nisbat berayotganlar yaxshi tushunib olmoqlari lozim. Ajdodlarimiz xuddi shu haqiqatni to‘liq tushungan chog‘larida butun dunyoga ustoz bo‘lganlar. Dunyo xalqlarining peshqadami bo‘lib, ularni ortlaridan ergashtirganlar. Boshqalarga tobe bo‘lmaganlar. Boshqalarning ortidan ko‘r-ko‘rona ergashmaganlar. Boshqalar huzurida o‘zlarini xoru zor tutmaganlar. Bu ummatning odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo‘lishining sabablaridan biri amri ma’ruf qilishidir. Chunki Alloh taolo: «Ma’rufga buyurasiz...» – demoqda. Avval ishora etilganidek, Islom ummati dunyoda yaxshilik bayrog‘ini yuqori ko‘taradi. Adolat bayrog‘ini yuqori ko‘taradi. Haqiqat bayrog‘ini yuqori ko‘taradi. Fazilat bayrog‘ini yuqori ko‘taradi. Hamda butun insoniyatni bu ishlarga chaqirishni o‘ziga farz deb biladi. Bu ummatning odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo‘lishining sabablaridan ikkinchisi nahyi munkar qilishidir. Chunki Alloh taolo: «...va munkardan qaytarasiz...» – demoqda. Munkar barcha yomonlik, zulm, botil va razolatlar demakdir. Binobarin, Islom ummati dunyodagi barcha yomonlikka qarshi, zulmga, botilga va razolatga qarshidir. Ayni chog‘da, butun insoniyatni yomonlikdan, zulmdan, botildan va razolatdan qaytarishni o‘ziga farz deb biladi. Islom ummatining odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo‘lishining asosiy sababi Allohga iymon keltirishidir. Chunki Alloh taolo: «...hamda Allohga iymon keltirasiz», – demoqda. Insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarishdek ulkan mashaqqatli ishni amalga oshirishga uni Allohga bo‘lgan iymoni undaydi. Iymon asoslarning asosidir. Jumladan, yaxshilikka chaqirib, amri ma’ruf va nahyi munkar qilishning ham asosi iymon bo‘lgandagina maqsadga etiladi. Ana shundagina ikki dunyoda baxt-saodatga erishiladi. Aks holda nuqsonga duchor bo‘linadi. Bu haqiqat ushbu oyatdan boshqa oyatlarda ham ta’kidlangan. Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ko‘pgina hadislarida ham o‘z aksini topgan. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilishlaricha, Nabiy alayhissalom minbarda turganlarida bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, qanday odam yaxshi odam?» – deb so‘radi. Nabiy alayhissalom: «Odamlarning yaxshisi – qorirog‘i, taqvodorrog‘i, amri ma’ruf qiluvchirog‘i, nahyi munkar qiluvchirog‘i va silai rahm qiluvchirog‘i», – dedilar. Imom Termiziy rivoyat etgan hadisda Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Nabiy alayhissalom: «Banu Isroil gunohga botganda, ulamolari qaytardilar. Ular qaytmadilar. Keyin esa ulamolar ham ular bilan birga o‘tirib, eb-ichdilar. Bas, Alloh qalblarini bir-biriga aralashtirib yubordi va Dovud, Sulaymon va Iyso ibn Maryam tillarida la’natladi, – dedilar-da, yonboshlab yotgan edilar, turib o‘tirdilar va: – Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, ularni haqqa qaytarmaguningizcha, bo‘lmaydi, – dedilar». Imom Abu Dovud ibn Umayra Kindiydan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhissolatu vassalom: «Er yuzida bir gunoh sodir bo‘lganda, guvoh bo‘lgan odam uni inkor etsa, xuddi ko‘rmagan odamdek, (gunohdan xoli) bo‘ladi. Kim ko‘rmagan bo‘lsa-yu, rozilik bildirsa, guvoh bo‘lgan odamdek, (gunohkor) bo‘ladi», – dedilar. Yana “A’rof” surasi 199-oyati ham : خُذِ الْعَفْوَ وَأْمُرْ بِالْعُرْفِ وَأَعْرِضْ عَنِ الْجَاهِلِينَ 199. Kechirimli bo‘l, ma’rufga buyur va johillardan yuz o‘gir. “Tavba” 71-oyatida : 71. Mo‘minlar va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ma’rufga buyururlar, munkardan qaytarurlar, namozni to‘kis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana o‘shalarga Alloh albatta rahm qilur. Albatta, Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta hikmatlidir. “Moida” surasi 78-79-oyatlarida : لُعِنَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى لِسَانِ دَاوُودَ وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ذَلِكَ بِمَا عَصَوا وَّكَانُواْ يَعْتَدُونَ 78. Banu Isroildan kufr keltirganlari Dovud va Iyso ibn Maryam tillarida la’natlandilar. Bu osiylik qilganlari va haddan oshganlari uchundir. كَانُواْ لاَ يَتَنَاهَوْنَ عَن مُّنكَرٍ فَعَلُوهُ لَبِئْسَ مَا كَانُواْ يَفْعَلُونَ 79. Ular o‘zlari qilgan yomon ishdan bir-birlarini qaytarmas edilar. Qasamki, qilayotgan ishlari qanday ham yomon! “A’rof” 165-oyatida : فَلَمَّا نَسُواْ مَا ذُكِّرُواْ بِهِ أَنجَيْنَا الَّذِينَ يَنْهَوْنَ عَنِ السُّوءِ وَأَخَذْنَا الَّذِينَ ظَلَمُواْ بِعَذَابٍ بَئِيسٍ بِمَا كَانُواْ يَفْسُقُونَ 165. Bas, o‘zlariga eslatma bo‘lgan narsani unutganlarida, yomonlikdan qaytarayotganlarga najot berdik va zulm qilganlarni fosiqlik qilganlari tufayli shiddatli azob ila tutdik.("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:45 | Савол-жавоблар | 172 | Turli savollar