Bankda ishlash hukmi

Assalomu alaykum "Zikr Ahlidan So‘rang" hay’ati. Bundan ancha avval bank sohasida ishlash haqida yo‘llagan savolimga Shayh Hazratlari "Riboga aloqasi bo‘lmagan bank ishlarida ishlashga ruxsat berilgan" deb javob bergan edilar. Keyinchalik islomiy bankka o‘tishim uchun, bankda ish tajribam kerak ekan. Men bankning “risk boshqaruv” bo‘limiga o‘tmoqchiman. Bu ishning asosiy faoliyati, bankka tegishli hamma qimmatbaho qog‘ozlarning (bular orasida foizli sertifikatlar ham, korxona aktsiyalari ham bor) qiymatini o‘zgarishi haqida hisobot tayyorlashdan iborat. Kredit kontraktlari va savdolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashmayman. Lekin hisobotlarda moliyaviy bozordagi foizlarni bankka ta’sirini ham tahlil qilaman. Savolim quyidagicha: 1. Ishim bevosita kredit va foiz ishlariga aloqador bo‘lmasa, keyinchalik islomiy bankka o‘tib ketish niyati bilan shu sohada ishlashim mumkinmi? Insha Alloh halol kasb qilmoqchiman. Qilayotgan xayrli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! [url=https://savollar.islom.uz/savol-30544/#comment-8478https://savollar.islom.uz/savol-30544/#comment-8478[/url]

20 Апрел 2022, 20:06 | Савол-жавоблар | 283 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar