Xatna to‘yidagi sarf harajat

Assalomu alaykum! Naqadar buyuk bo‘lgan Allohga hamdlar, Uning Rasuli Muhammad sallollohu alayhi vassallamga durudlar bo‘lsin. Men hozir safardaman, oila a’zolarim O‘zbekistonda. Ular bilan maslahatlashib, 5 yoshli o‘g‘limni fasldagi mo‘’tadillikdan foydalanib xatna qildirdik. Uydagilar uncha katta bo‘lmagan ehson qilishibdi. Lekin odatda bizning tumanlarda xatna tuyiga kamida 50 kg guruch damlab ehson qilinadi, minglab mehmonlar kelishadi, xullas katta to‘y bo‘ladi. Savol : endi men ham safardan qaytganimda xuddi shunday qilib katta to‘y qilishim to‘g‘rimi. Agar qilsam isrof emasmi? Xatnaning shartlari qaysilar? Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin. Amiyn.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ehsonlarning eng yaxshisi, eng zarur joylarga qilinganlaridir. Ulardan ham yaxshisi, savobi to‘xtamay yozilib turadigan ehsondir. Ular qaysilar ekanligi hadislarda bayon qilingan. Hadisda : “Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi” deyilgan. Har bir amalning o‘z fiqhi bo‘lib, qilinadigan sadaqai xoyrotlarning fiqhi savobini qiyomatgacha yozilib turadigan o‘rin va joylarga sarflashdir. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:49 | Савол-жавоблар | 163 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar