Nikohdagi qasam

Assalomu alaykum! Albatta bilamiz nikoh o‘qishdan avval er ayolining kiyimi, eb-ichishi kabi harajatlarini o‘z zimmasiga olishi haqida qasam beradi. Ammo xotini qaerda bo‘lishi qat’iy nazar o‘zi ishlab, bu harajatlari uchun o‘zi pul sarf qilsa, er ularga sarf qilmasa er zimmasidagi vojibni ado qilmagani uchun gunohkor bo‘ladi. Er oliy ma’lumotli qizga uylanayotganda nikohdan keyin ayoli “o‘qiganim bois ishlayman” degan janjallar bo‘lmasligi uchun, shu qasamni bermasidan oldin ya’ni nikoh paytida eri ayolidan har qanday vaziyatda ham ishlamayman degan qasam olish mumkinmi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qasam ichilmasdan va’dalashib olish joiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:07 | Савол-жавоблар | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar