Klizma(Hukna)

Assalomu alaykum! Avvalom bor uzr. Savol yo‘llashdan oldin savolimga to‘liq javob topa olmadim shuning uchun yozishga majbur bo‘layapman. Klizma qilgandan keyin tahorat olish kerakmi yoki g‘usl qilib keyin namoz o‘qish kerakmi? Chunki men kasalligim sababli "GM eleksir"ni har kuni ichib va har kuni 3-4 maxal shu eleksir bilan kichikkina klizma qilishim shart. Ko‘proq uydan uzoqda bo‘laman, namozlarimni masjidda o‘qishga harakat qilaman, shuning uchun nima qilsam bo‘ladi? Iltimos yo‘l ko‘rsatinglar. Oldindan kattakon rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lib, cheksiz rahmatini yog‘dirsin va har bir ishilarda barakot bersin.(Omin)

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni tahorat olishingiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:09 | Савол-жавоблар | 139 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar