Ish joyida namoz o‘qish

Assalamu alaykum! Men ish joyimda peshinni amallab farzini o‘zini o‘qib olaman. Sunnatini uyga kelganimdan so‘ng qazo qilib o‘qiganim yaxshimi yoki ishxonada vaqtida o‘tirib imo-ishora bilanmi?
Yana bir masala, sharoit tufayli, farzni shoshib u yoqqa bu yoqqa alanglab o‘qishga to‘g‘ri keladi. Xushu’-xuzu’ umuman bo‘lmaydi. Shu holatda o‘qilgan namozni uyga borganda qayta o‘qib olganim yaxshimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qodir bo‘lganingizcha vaqtida o‘qiganingiz afzal. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:09 | Савол-жавоблар | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar