Namozdagi avrat

Assalomu alaykum! Ustboshi bo‘laturib erkak kishini avrati hisoblangan joyini berkitib qolgan joyi ochiq holatda namoz o‘qisa, biror bir makruh bilan namozini ado qilgan bo‘lib qolmaydimi? So‘raganimning sababi bir inson avrati bekik holatda, lekin ko‘ylaksiz o‘qiyotgan edi. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu namoz o‘qiguvchining qalbidagi niyatiga bog‘liq. O‘zini Allohning xuzurida ojiz ekanligini izhor qilish uchun shunday namoz o‘qisa, niyatiga yarasha savob olaveradi. Fuqaholar buni makruh bo‘lmaydi deganlar. Agar avratim bekilgan deb, kimni xuzurida turgani va Alloh taolo oldiga kiyinib boradigan odamlarchalik ham ko‘rmasa, o‘zi biladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:14 | Савол-жавоблар | 154 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar