Namozda og‘zidagi narsani yutish

Assalomu alaykum! Ro‘zador odam namoz o‘qiyotgan vaqtda tish kovagidan chiqib qolgan ovqat bo‘lagini yutib yuborishi kerakmi yoki tuflab yuborishi kerakmi? Agar yutib yuborsa, ro‘za ochilib ketmaydimi? Mabodo tuflab yuborsa namozga karohiyati yo‘qmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qolgan narsa no‘xotdan katta bo‘lib, uni yutib yuborsa ro‘zasi ochiladi. Qo‘li bilan olib, cho‘ntagiga solib qo‘ysa namozi buzilmaydi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:21 | Савол-жавоблар | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar