Zino qarzdir degani nima degani?

Assalomu alaykum! 4070-savol javobiga aniqlik kiritmoqchi edim. "Zino qarz uni oilangdagilari to‘lashi shart" bu nima degani? Iltimos aniqlik kiritsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zinokorning ayoli va qizi bilan ham o‘sha ishni qilishadi degani. Alloh taolo “Shuuro” surasida marhamat qiladi:  وَجَزَاء سَيِّئَةٍ سَيِّئَةٌ مِّثْلُهَا 40. Yomonlikning jazosi o‘z mislidek yomonlikdir. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 17:21 | Савол-жавоблар | 259 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar