Ramazon oyida savdo

Assalomu alaykum! Saytdagi savol javoblardan ramazon oyida ro‘za farz bo‘lib tutmaganlarga egulik yoki ichimlik sotish mumkin emasligini bildim. Savol men oziq-ovqatlar do‘konida ishlayman. Meni bundan boshqa daromad qiladigan ishim yo‘q. Kelgan haridor ro‘zadormi yo‘qmi, ro‘za tutmagan bo‘lsa uzrli holatdami, nima sababdan ro‘zador emas bilmayman. Shu holatda nima qilishim kerak? Ramazon oyida faqat ro‘zadorlarga savdo qilishim kerakmi? O‘tgan yillari ba’zi odamlar mendan ichimlik sotib olib hammani oldida ichib yurishardi bunday holatlarda men ham gunohkor bo‘lamanmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar iftorga deb olishgan bo‘lsa gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:30 | Савол-жавоблар | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar