Savolim mazmuni
Assalomu alaykum! Ayollar va erkaklar ruju qo‘yaayotgan bid’at xurofotlarni oldini olish, hattoki tushunchasi past musulmonlar orasida keskinlashib borayotgan folbinni xuzuriga borib, o‘shalarni aytganlarini qilib, biz kuyovlarni hayotiga aralashayotgan erkaklar va ayollar haqida edi. Misol tariqasida mening qaynotam va qaynonam. Ularning qizi(ayolim) folbinni aytishi bo‘yicha yo folbin yoki kushnoch bo‘lishi kerak ekan, yo‘qsa farzand bo‘lmas emish. Qaynotam kuyovimni ta’limoti bizga to‘g‘ri kelmas ekan deb qizini ajratmoqchi bo‘ldi. Alhamdullillah ayolim Islomni yaxshi tushunib, men bilan birgayu, lekin ota-onasi, tog‘asi va singlisi meni yomon ko‘rishadi. Men ham ularni Alloh uchun yomon ko‘raman. Bu nafaqat mening oilam misolida, balki tilida musulmon ko‘pgina insonlar “Folga ishonma folsiz yurma” qabilida ish yuritishadi. Shu haqda ommaviy axborot vositalari orqali ko‘proq yoritsangizlar. Shu o‘rinda men avval uylanmoqchi bo‘lgan qiz ham o‘zicha mening burjimni bilib, “bir birimizga mos kelmaymiz” deb menga turmushga chiqmagan. Alloh din yo‘lida qilayotgan amallarimizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Domlalarimizdan biri shu masalada kitob yozmoqdalar. Duo qilib turinglar. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:33 | Савол-жавоблар | 141 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Domlalarimizdan biri shu masalada kitob yozmoqdalar. Duo qilib turinglar. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:33 | Савол-жавоблар | 141 | Turli savollar