Qayta ro‘za tutmoq lozimmi?

Assalamu alaykum! Men o‘tgan yili Ramazon oyida safarda bo‘lib, ro‘zalarni o‘sha erda tutgan edim. Lekin, bir qancha kun tutilgan ro‘zalardan ko‘nglim to‘lmagandi. Aytingchi, o‘sha ko‘nglim to‘lmagan ro‘zalarni boshqatdan tutmog‘im lozimmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘zani shartlari va uni buzadigan amallar bor. Shartlardan birortasini qoldirgan bo‘lsangiz yoki buzadigan amallarning birortasini qilgan bo‘lsangiz qayta tutishingiz lozim. Nimadan ko‘nglingiz to‘lmaganini yozganingizda edi, birgalashib hal qilishga harakat qilgan bo‘lar edik. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:35 | Савол-жавоблар | 137 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar