Qur’onni yod olish
Mening Qur’onni yod olishga ishtiyoqim baland. Allohning amri bilan yod olishga harakatni boshladim. Tez kunlarda ramazon oyi ham kirib keladi. Hammaga ma’lumki, ramazonda tarovih namozlarida xatmi Qur’on o‘qiladi. Shunda men o‘sha tarovih va xatmlarga qatnashmasdan darsim bilan mashg‘ul bo‘lsam bo‘ladimi? Allohga shukur zehnim yaxshi, shikoyat qilmayman. Shuning uchun ma’lum bir muddatni oldimga maqsad qilib, Qur’on yod olish uchun belgilab olganman. Agar ramazonda tarovih va xatmlarni hisobini olsam, men belgilagan muddatdan o‘tib ketayapti. Bundan tashqari yana oldimda bir qancha amalga oshirish uchun belgilab qo‘ygan diniy maqsadlarim bor. Hazrat, haqqimga duo qilishingizni so‘rab qolaman. Bu ishimda Alloh O‘zi yordamchi bo‘lsin va kalomini oson qilib qalbimga jo qilsin. Kelajakda dinga xizmat qilishga muvaffaq qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo sizga O‘zi yordamchi bo‘lsin va kalomini oson qilib qalbingizga jo qilsin va sizni kelajakda dinga xizmat qilishga muvaffaq qilsin. Tarovih namozida ishtirok etish o‘rniga Qur’oni Karimni yodlash mumkin.
26 Май 2022, 17:00 | Савол-жавоблар | 147 | Qur’oni karim