Etim bola boqib olsa bo‘ladimi?
Men ayolim bilan nikohlanganimizga ikki yilcha bo‘ldi, lekin bizning farzandimiz bo‘lmadi. Ayolim chamasi bir yildirki davolanadi, ammo foydasi bo‘lmayapti. Shuning uchun bolalar uyidan bir bola asrab olsak degandik. Alloh taolo O‘z kalomidagi “farzandlaring bo‘lmaganlarni farzandim demanglar” degan ma’nodagi oyatni o‘qib qoldik va nima ish qilishni bilmayapmiz. Ushbu holatda bola olib boqsa bo‘ladimi va unga qay tarzda muomalada bo‘lmoq kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sabr qilib, davolaninglar. Ikki yil oz muddat. Odamlar 15 yilda farzand ko‘rmoqda. Bola saqlab olishning asosiy sharti, bola meniki demaslikdir. Bolaning boqib olinganini ochiq aytish kerak. Bola balog‘atga etganda, unga shariat ko‘rsatganicha munosabatga o‘tiladi. Ya’ni, bola nomahram bo‘ladi. U merosxo‘r bo‘la olmaydi. Etim bolalarni boqib katta qilish o‘ta savobli ish.
26 Май 2022, 17:02 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar