Ta’lim uchun qo‘shimcha pul olish
Men bir oliygohda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Bizda mutaxassislar bir oylik malaka oshirish uchun o‘qishga keladilar. O‘qish so‘ngida shu mutaxassislar o‘zaro ma’lum miqdorda pul yig‘ib, dars bergan o‘qituvchilarga (3-4 kishiga) minnatdorchilik sifatida tarqatadilar. Ularni shunday qilishiga hech kim majbur qilmaydi. Lekin ularning ichida shu pullarni kim rozi bo‘lib, yana kim norozi bo‘lib berganini bilmaymiz. Shu pullarni qabul qilish durustmi? Agar olishga qat’iy turib olsalar o‘zimiz uchun ishlatsak bo‘ladimi yoki o‘quv jarayonini yaxshilash uchun sarflagan ma’qulmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ko‘ngildan chiqarib bergan bo‘lsa, o‘zingiz olsangiz bo‘ladi.
26 Май 2022, 17:15 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ko‘ngildan chiqarib bergan bo‘lsa, o‘zingiz olsangiz bo‘ladi.
26 Май 2022, 17:15 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar