Kambag‘allikdan qutulishni istasang, uylan!

Shunday hadis bor ekan. Unga ko‘ra: Payg‘ambarimiz (s.a.v) oldilariga bir kishi kelib “men kambag‘alman, undan qutulish yo‘lini ayting” der ekan. Payg‘ambarimiz (s.a.v) “uylan” der ekanlar. Qanchadir vaqtdan keyin u kishi yana kelib kambag‘allikdan shikoyat qilar ekan. Payg‘ambarimiz (s.a.v) “yana uylan” der ekanlar. Keyin kambag‘allikdan qutular ekan. Hazrat bu hadisning hukmi qanday? Unga ko‘ra erkaklar kambag‘allikdan qutulish uchun ikkita - uchta xotin olishi to‘g‘rimi? Iltimos Hazrat, xotinlarni ko‘paytirishga doim qarshi bo‘lsangiz. Hozir ayollarni kasalligini va yana boshqa bahonalarni ko‘rsatib, xotin ustiga xotin oluvchilar ko‘paydi. Shifoni Alloh beradi, Alloh xohlamasa turmushga chiqqanidan keyin ham tuzalmaydi. Alloh xohlasa, oddiy sababdan tuzaladi. U erkaklar adolat qilolmay ko‘plarni qiynab yubordi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buni qaerdan oldingiz?

26 Май 2022, 17:16 | Савол-жавоблар | 173 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar