Ayol kishining bir necha kishi nomidan haj qilishi joizmi?

O‘tgan yili bir hoji onaning haj oshiga boruvdim. O‘shanda mahallaning mullasi jamoatga,"hoji onamiz nafaqat o‘zlari, balki erlari va otalari nomidan ham haj qilib keldilar" deb aytdilar. Hoji onamiz aytishicha, u erda ma’lum bir miqdorda pul berilib, “erlari va otalariga haj qildi” degan qog‘oz olibdilar. Hoji onamizning erlari hayot, faqat sog‘liklarining mazasi yo‘q. Hoji onamiz esa haj safariga mahramsiz borganlar. Endi hamma u kishining erlarini “Hoji bobo” deyishadi. Ustoz shariatimizda bu joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Badali haj degan hukm bor. O‘shani topib o‘qing.

26 Май 2022, 17:28 | Савол-жавоблар | 163 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar