KARIKATURA haqida

Hozirda Parijda bo‘layotgan "Sharli Ebdo" tahririyatining sarvarimiz Muhammad alayhissalomga nisbatan karikatura qilib, mazax qilishayotganligidan butun dunyo xabardor. Axir ularga indamasa haddidan oshishayapti-ku. Ramazondagi ma’ruzangizda notinchliklar va turli xil oqimlarga qanday munosabatda bo‘laylik deyilganda “ilm o‘rganish kerak va duo qilishimiz kerak” degan edingiz. Islomga qarshi chiqib Payg‘ambarimiz alayhissalomni mazax qilayotganlarga Alloh bas kelsin va O‘zi jazosini bersin, mo‘minlarni doimo O‘z panohida salomat saqlab ular ustidan g‘olib qilsin. Bu ahmoqlikka (ahmoq – ular uchun eng yumshoq so‘z) chora ko‘rish uchun zabardast Islom ulamolari chora ko‘rishmoqdami? Ustoz sizni qimmatlik vaqtingizni olib noo‘rin savol bergan bo‘lsam sizdan uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo xayringizni bersin!

26 Май 2022, 17:28 | Савол-жавоблар | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar