G‘uslsiz qilingan plomba haqida

Savol: Men tishimni davolatayotgan edim, shifokor tishimni yiringlaganini va uni tez tez yuvib turish kerakligini, o‘zim ham chayib turishimni tayinladi. Bir necha kundan so‘ng tishimga maxsus dori qo‘yib qo‘ydi. Sovuqda qolib, qattiq shamollab qoldim. Aksiga olib, uyquda bulg‘anib, g‘usl vojib bo‘lib qoldi. Qattiq shamollaganim bois, g‘usl qila olmas edim. Tish shifokoriga boradigan payt kelib qoldi. Tishimga qo‘yilgan dori tishimda ko‘p turib qolishi yaxshi emasdi, olib tashlasa tishim yana yiringlashi mumkin edi. Tishim yaxshiligida iloji boricha tezlikda g‘uslsiz plomba qo‘ydirdim, lekin tahorat qilib bordim. Plombani boshqatdan qo‘ydirishga imkonim yo‘q. Keyin qilgan g‘usllarim mukammal bo‘laveradimi?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘laveradi.

26 Май 2022, 17:48 | Савол-жавоблар | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar