Allohga berilgan va’da haqida
Men avval sigaret chekar edim, shu yomon odatni tashlash yo‘lida har xil harakatlar qilib ko‘rdim, lekin harakatlarim natijasi ko‘pi bilan bir haftaga bormasdan yana chekishni boshlardim. Bir kuni qaytib chekmaslikka qattiq qaror qildim va 3, 4 kundan keyin yana cheka boshladim. Shunda yangi sigaret qutidan bir dona chekkanimdan so‘ng humor yo‘qolib, qaytib boshlaganimga afsuslandim va uyimiz yonidagi ko‘l bo‘yiga chiqdim. Ko‘l bo‘yida Alloh taoloni nomini aytib qaytib chekmaslikka qaror qildim va yangi ochilgan ichida 19 dona sigaret qutisini ko‘lga uloqtirdim. Ertasiga shaharda do‘stim bilan ketayotganimda erdan bir quti ichida 19 dona men chekadigan sigaret topib oldim. Hayron bo‘lib, do‘stimga bundan bir kecha oldingi voqeani aytib berdim, u esa kulib quydi. Men hayolimda “bu tasodif bo‘lishi mumkin” deb o‘yladimda ketaverdim. Shunda erdan yana bir xuddi shunday ichida 19 dona quti sigaret topdim. Bu shaytondanmi? Alloh meni sinamoqdami? Iltimos, javob bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘lishi mumkin. Siz ahdingizda mahkam turing. Inshaalloh hammasi yaxshi bo‘ladi.
26 Май 2022, 17:48 | Савол-жавоблар | 154 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘lishi mumkin. Siz ahdingizda mahkam turing. Inshaalloh hammasi yaxshi bo‘ladi.
26 Май 2022, 17:48 | Савол-жавоблар | 154 | Turli savollar