Erimning xatti-harakati haqida

Ustoz juda qiyin ahvolga tushib qolganman. Turmushim bo‘yicha sizdan maslahat so‘ramoqchiman. Xo‘jayinim ibodatli, farzandlarim va menga mehribon inson, lekin gap talashib urishib qolsak, undan qahrli odamni ko‘rmaganman. Ba’zida qo‘l ko‘tarib ham yuboradilar. Sabab sifatida meni gap qaytarishim, “ovozingni menikidan baland ko‘targaning uchun” deb aytadi. Nima qilishni bilmay qolaman, gap talashib urishib qolsak, o‘zimni tuta olmay gap qaytarib yuboraman. Keyin majburlab ro‘mol o‘ratmoqchi bo‘ladilar. Lekin “xali men tayyormasman” desam, “seni bunaqa yurish turishinga men javobgarman, aytganimni qilasan, oxiratda dayus degan tamg‘ani olgim kemayapti” deb urishib beradilar. Yolg‘on emas, boshida to‘g‘ri tushuntirishlarini inkor qilmayman, lekin judayam jahli tez inson. Boshim qotib kolgan, nima qilay Ustoz, maslahat bering. Xo‘jayinim nazdida menga nisbatan nohaqlik qilayotgandek.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ro‘mol o‘ra deyishi to‘g‘ri. Bu farz amal. Unga tayyor bo‘lishi shart qilinmagan. Bunday ishlarga tayyor bo‘lish bahona bo‘la olmaydi. Gap qaytarmaslikka harakat qiling. U ham sizga o‘xshagan odam. Siz o‘zingiz bilmagan holda gap qaytarganingiz kabi, u ham o‘zi bilmagan holda so‘kib yuboradi. Ikki taraf ham oralarida shariatni hakam qilishlari kerak. Ishnaalloh, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi.

26 Май 2022, 17:50 | Савол-жавоблар | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar