Birovda qolib ketayotgan haqlar haqida

Ma’lumki juda ko‘plab hamyurtlarimiz Rossiya va boshqa bir qancha davlatlarga borib ishlab kelmoqdalar. Afsuski, ularning ba’zilari ming azoblar bilan mehnat qilib, ishni topshirgandan so‘ng, ba’zi nobakor ish beruvchilar tomonidan ularning mehnati qadrsizlanib, hech qanday ish haqi berilmaslik holatlari ham kuzatilmoqda. Mehnatkash dardini kimga aytishini bilmay, ish haqini ololmasdan qaytib kelayotganlar mavjud. Savolim shundan iboratki, musulmonning haqqi musulmonda qolib ketganda, qachonki qiyomat bo‘lib so‘roq savol bo‘lganda, haqni olib qolgan kishi javob berishligi, haqdor esa ajrini olishligi ma’lum. Yuqoridagi holat yuzasidan, nomusulmon bilan shunday holat bo‘lganda ham haqdor ajrini oladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oladi.

26 Май 2022, 17:54 | Савол-жавоблар | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar