Sotib olingan haydovchilik guvohnomasi haqida
Men asli O‘zbekistondanman. Hozir Qozog‘istonda yashayman. Millatim qozoq. Men so‘ramoqchi bo‘lgan narsa haydovchilik guvohnomasi haqida edi. Men Chirchiq shahrida 6 oy muntazam ravishda o‘qib haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ldim. Shu guvohnoma bilan Qozog‘istonda moshina haydadim. Lekin 10 yildan oshgani uchun GAI xodimlari bir necha bor tanbeh berib, guvohnomamni yaroqsiz ekanini, almashtirish kerakligini aytishdi. Ammo kerakli joyga murojaat qilganimda almashtirish biroz vaqtni olishligini, yanada boshqa muammolarni aytishib, boshqasini sotib olishni yoki yana 6 oy o‘qishlikni tavsiya qilishdi. Men oldin o‘qiganim uchun sotib olishga qaror qildim va sotib oldim. Shu ishim to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bundan keyin bu ishni takrorlamang.
26 Май 2022, 17:54 | Савол-жавоблар | 128 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bundan keyin bu ishni takrorlamang.
26 Май 2022, 17:54 | Савол-жавоблар | 128 | Turli savollar