Islomga yo‘lni to‘g‘ri boshladimmi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! O‘z ijtihodimdan shubhalanib sizdan so‘rashga jazm etdim. Holat bunday: Oilaliman. Otam nos sotish bilan shug‘ullanadilar. Bir necha yildan beri men sotaman. Lekin savdoning pulini o‘zlariga beraman. Ehtiyojimga so‘rab olaman. Bundan buyon nos sotmayman, halol kasb qilib namoz o‘qiyman, dedim. Shunday qildim ham. Ammo otam buni tushunmadilar. Holat shunday tus oldiki, “nos sotmasang yo‘qol uyimdan, xotiningni ham olib ket, ketmasang militsiya chaqiraman, kerak bo‘lsa qamataman” gacha bordi. Yordam so‘raganlarim aksincha o‘zimga qarshi chiqishdi. Yangi halol kasb topish ham oson emas. Noiloj ko‘ndim. Endi boshqacha yo‘l tutyabman. Nos sotib tushgan puldan ozginasini yashirib yig‘yapman. Halol tijorat uchun etarli mablag‘ orttirgach, ish boshlamoqchiman, insha Alloh. Savolim shuki, men to‘g‘ri yo‘l tutyabmanmi? Islomda bu holat qanday muolaja qilinadi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu holatdan tezroq qutilishga harakat qiling.
26 Май 2022, 17:57 | Савол-жавоблар | 168 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu holatdan tezroq qutilishga harakat qiling.
26 Май 2022, 17:57 | Савол-жавоблар | 168 | Turli savollar