Kasb tanlashda ota onaning aralashuvi…

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men to‘rt yildirki, meditsina universitetining stomatologiya yunalishida tahsil olaman. Bu universitetni ota-onam va bobomning xohishlari bilan tanlaganman. To‘rtinchi yil menga stomatologiya yo‘nalishi emas, boshqa kasb ma’qulligini tushunib etdim. Istagim haqida ota-onamga aytganimda, otam bobomning xohishlari hammaning xohishidan ustunligini aytdilar va o‘qishimni davom ettirishimni so‘radilar. Men uchun ham otamning roziliklari hammasidan ustun turadi, ammo ularning xohishlari bilan tanlagan yo‘nalish menga yoqmaydi, nima qilishga hayronman! Shayx Hazratlari, maslahat bering. Javob uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Otangizga tushuntirishga harakat qiling.

26 Май 2022, 18:00 | Савол-жавоблар | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar