Katta iltimos bilan ikkita savol

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ming bor uzr hazrat, tezroq javob kerak bo‘lgani uchun ikkita savol beryapman. Bir ayol (qizdir vallohu a’lam) bir savolni sizdan so‘rab berishimni iltimos qildi: Men din, shariat, bularni uncha bilmayman. O‘zizning kitoblarizdan qaysinisidan boshlay?. Boshlang‘ich din qo‘llanmasidan bosqichma bosqich aytsangiz, iltimos. Alloh rozi bo‘lsin. 2-Savol (o‘zimning savolim): Alloh yo‘lida bir inson bilan do‘stlashgandim. Hozirda do‘stimning aytishicha, juda og‘ir kasallikka chalinibdi, (boshida o‘simta bor shekilli) shu do‘stimga ko‘p bora davolaning desam, yo‘q men bu dunyodan to‘ydim, tezroq Rofiqul a’loga ketgim kelyabdi, deyabdi 21ga kirgan do‘stim. Shu bola sizni juda hurmat qiladi, o‘zingiz pand nasihat qiling iltimos. Alloh Sizu bizdan rozi bo‘lsin. Mamuriyatdan iltimos qilaman, savolimni o‘chirmanglar, menga tezroq javob xati kerak.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Iymon. Mo‘’minning me’roji. Kifoya. Sunniy aqiydalar...

26 Май 2022, 18:01 | Савол-жавоблар | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar