Mualliflik xuquqiga rioya

Kuni kecha Juma namozini o‘qish uchun Ko‘kcha masjidiga chiqdim. Ma’ruza davom etarkan, ikki kishining suhbati diqqatimni tortdi. Ular shayx janoblarini elektron kitoblari haqida gaplashardi. Ulardan biri "Shayxning kitoblari elektron savdoga chiqibdi, bitta programma orqali ularni tekinga yuklab olsa bo‘larkan. Men yuklab oldim" dedi. Ma’ruza bo‘layotganligi bois indamadim. Namozdan keyin esa, ularni ko‘rmadim. Aziz dindoshlar! Kitob yozish, uni tartibga keltirish va nixoyat ne mashaqqatlar ila uni chop ettirish, qanchalar mushkul ish ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Agar bilishganda, birovning xaqqini bunchalik oson poymol qilishmasdi. Axir olimning uyqusiz tunlari, ilm yo‘lidagi yillarcha chekkan mashaqqatlari, kitob yozish uni chop qilishdagi moddiy va ma’naviy sarf xarjatlari, uning haqqi bo‘lmay nima?! Bu haqni undan boshqa hech kim kecha olmaydi, kechsa kechdi bo‘lmasa ish chatoq bo‘ladi, bu haq oxiratga qoladi. U erda hech qanday "programma" yordam bermaydi. Alloh barchamizga insofu tavfiq bersin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizga tashakkur! Alloh taolo boshqalarga ham sizga bergan fahm va farosatni, ilm va taqvoni bersin!

26 Май 2022, 18:14 | Савол-жавоблар | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar